KO’RISH PIGMENTI

KO’RISH PIGMENTI — ko’z to’r pardasining yorug’lik sezuvchi hujayralari — tayoqchalar va kolbachalardagi struktur-funktsional birlik. Ko’rinadigan yorug’lik kvantlari Ko’rish pigmentida yutiladi. Ko’rish pigmenti molekulasi yorug’lik yutadigan xromofor va ogtsin (oqsil va fosfolipidlar kompleksi)dan iborat. Vitamin A, va A2 aldegid (retinal) yoki 32-degidroretinal barcha Ko’rish pigmenti uchun xromofor bo’la oladi. Ko’rish pigmentining quyidagi turlari bor: ko’rish purpuri (rodopsin), iodopsin, porfiropsin, tsianopsin. Retinaning fotoizomerlanishi ko’rish mexanizmida birlamchi fotokimyoviy zveno hisoblanadi. Egilgan retinal yorug’lik ta’sirida yassi shaklga kiradi. Keyin ko’rish reseptori signalini vujudga keltiruvchi jara- yonlar boshlanadi. Bu signal sivapelar orqali to’r pardaning navbatdagi nerv elementlari — binolyar va ganglioz xujayralarga o’tadi.