FTABATEY SIMEY

FTABATEY SIMEY (taxallusi; asl ism-sharifi Xasegava Tasunoske) (1864.28.2, Tokio 1909.10.5, Singapur) — yapon yozuvchisi. Yapon tanqidiy realizmi va hozirgi yapon adabiy tili asoschisi. Tokio chet tillar intining rus bo’limida o’qigan. Ftabatey Simey ijodiga rus adabiyoti katta ta’sir ko’rsatgan. «Romanning umumiy nazariyasi» (1886) asarida Ftabatey Simeyning san’at mohiyatiga, adabiyotning ijodiy metodi bo’lmish realizmga qarashlari bayon etilgan. «Suzayotgan budut» (1887— 88) romanida yangi burjua voqeligidan ko’ngli qolgan «ortiqcha kishi» obrazi tasvirlangan. «Uning qiyofasi» (1907), «Oddiy odam» (1907) kabi romanlari xam bor.