XATSHEPSUT

XATSHEPSUT (aynan — izzat-ikrom qilinadiganlarning birinchisi) — Misr malikasi (miloddan avvalgi 1525-03). Fir’avn Tutmos II (miloddan avvalgi 1525 — taxminan 1523) ning taxtdoshi, tutingan singlisi va xotini; so’ngra Tutmos III (miloddan avvalgi 1525-1473; Xatshepsutning o’gay o’g’li)ning taxtdoshi. Amalda ularni hokimiyatdan chetlatib, o’zini rasman Fir’avn deb e’lon qilgan (rassomlar Xatshepsutni soqolli etib tasvirlaganlar). Xatshepsut, asosan, Amon ma’budi kohinlariga tayangan. Uning davrida Misr Falastin va Suriyadagi mulklaridan ajralgan, Puntga savdo ekspeditsiyasi uyushtirilgan; ibodatxonalar qurilishi avjga chiqqan. Xatshepsut vafotidan so’ng Tutmos III u haqidagi xotiralarni yo’qotish maqsadida barcha joylardan uning ismi va tasvirini o’chirib tashlashni buyurgan.