JO’JA OCHUVCHI QUSHLAR

JO’JA OCHUVCHI QUSHLAR (nidifugae yoki praecoces) — tuxumdan tanasi par bilan qoplangan, mustaqil yashay oladigan, ko’zlari ochiq, eshitish organi yaxshi rivojlangan jo’ja ochuvchi qushlar guruhi. Ko’pchilik qushlarning tuxumdan chiqqan jo’jalari mustaqil yashay oladi va oziqlanadi, lekin ma’lum vaqtgacha ota-onasi bilan birga yuradi (masalan, o’rdak, turna va boshqalar), tovuqsimonlarda esa ota- onasi jo’jalariga oziqni ko’rsatib beradi.