JUNUSBEKOV ELMUROT

JUNUSBEKOV ELMUROT (1940.2.3, Tomdi tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1997). Buxoro pedagogika institutining boshlang’ich ta’lim metodikasi fakultetini tugatgan (1967). 1960— 67 yillarda Tomdi tumanidagi 13-maktabda o’qituvchi, 1967 yildan 16-maktab (1971 yilgacha sakkiz yillik) direktori. Junusbekov xalq ta’limi soxasidagi yangiliklarni maktab hayotiga joriy etadi.