URUGVAYLAR
URUGVAYLAR (o’zlarini uruguayo deb atashadi) — xalq. Urugvayning asosiy aholisi (2,7 million kishi). Umumiy soni 2,83 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Ispan tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar. Urugvaylar, asosan, 16-18-asrlardagi ispan Kolonistlari avlodi. 19-asr o’rtalaridan Yevropadan, asosan, ispanlar, italyanlar va frantsuzlar ko’chib kelishgan. Tub joy aholiga mansub indeyslarning charrua va boshqa qabilalari 19-asr boshlarida qirib tashlangan. Asosiy mashg’uloti — chorvachilik; bir qismi oziq-ovqat va to’qimachilik sanoatida band.