URUG’LI MEVA DARAXTLARI

Ma’nosi

URUG’LI MEVA DARAXTLARI — ra’nodoshlar oilasiga mansub urug’li meva beradigan o’simliklar. Bularga olma, behi, nok, do’lana, mushmula va boshqalar kiradi. Urug’li meva Daraxtlari bir nechta tur va turxillarni o’z ichiga oladi. Olma, nokning minglab navlari bor. O’zbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi. Danakli meva daraxtlariga nisbatan kechroq hosilga kiradi, lekin ko’p umr ko’radi, sovuqqa chidamli, mevasi uzoq saqlanadi.

O‘xshash so‘zlar

U harfi: barcha so‘zlar