USMONOV JO’RAXON

USMONOV JO’RAXON (1923— Sirdaryo viloyati hozirgi Xovos tumani Savat qishlog’i -1945.14.2) — 2-jahon urushi qatnashchisi, katta serjant. 1942 yil martdan frontda. 237-o’qchi polki (Markaziy front 65-armiyaning 69-o’qchi diviziyasi) vzvod komandiri yordamchisi. 1943 yil 29 sentabrda Karpovka qishlog’i (Gomel viloyatining Loev tumani)da Soj daryosini kechib o’tishda jasorat ko’rsatgan. 1944 yil 15 yanvarda qahramon unvoni berilgan. Qishloqdagi maktab va Xovos posyolkasidagi ko’cha uning nomi bilan atalgan.