SIMPODIY

SIMPODIY (Yunoncha syn — birgalikda va podos — oyoq, bu yerda o’q) — o’simliklarning o’q organi (poya, shox, ildizpoya); bir necha uchki meristema to’qimalarining navbat bilan faoliyat ko’rsatishi tufayli shakllanadi. Simpodiy — ko’pchilik bargli daraxtlar, butalarning poyasi va shoxlari; ko’pchilik ko’p yillik o’tlarning ildizpoyasi.