XOLL

XOLL (inglizcha Holl) — jamoatxona, dahliz; Yevropada ilk o’rta asrda baland tom bilan berkitilgan joy. Bu joyda inglizsakson qabilalarining a’zolari yig’ilgan, keyinchalik ingliz turar joylarining jamoatxonasiga aylangan. Zamonaviy jamoat binolari (masalan, teatr, yotoqxona, mehmonxonalar)da dam olish yoki biror shaxsni kutish, suhbatlashish maqsadida foydalaniladi (ular divan, kreslo, televizor kabilar bilan jihozlanadi, xona gullari qo’yiladi).