GAVAYI

GAVAYI — tinch okeandagi Gavayi arxipelagidagi eng yirik orol. Maydoni 10,4 ming kilometr kvadrat. Birlashib ketgan bazalt qalqonli beshta vulkan: Mauna-Kea (4205 metr), Mauna-Loa (4170 metr), Xuala-Lai (2521 metr), Koxala (1678 metr) va Kilauea (1247 metr) dan iborat. Mauna-Loa va Kilauea — harakatdagi vulkanlar. Iqlimi tropik dengiz iqlimi, shimoliy-Sharqiy yon bag’irlari juda sernam (yiliga 3600 millimetr yog’in yog’adi). Tog’yon bag’irlari ananas, shakarqamish va boshqa tropik o’simliklar plantatsiyalari bilan band. Eng yirik shahri — xilo. Gavayida milliy Park va vulkanologiya rasadxonasi bor.