MAVLUD

MAVLUD, mavlid Annabiy (Arabcha — tug’ilish, payg’ambarning tug’ilgan kuni) — Muhammad payg’ambarning tug’ilgan kuni bilan bog’liq bayram. Rabiulavval oyining 12-kuni nishonlanadi. Musulmon mamlakatlarida Mavlud kuni duolar, payg’ambar sha’niga madhiyalardan iborat she’rlar o’qiladi, sadaqalar beriladi, ruhoniylarning yig’ilishlari o’tkaziladi.