FERSMAN ALEKSANDR YEVGENEVICH

FERSMAN ALEKSANDR YEVGENEVICH (1883.27.10, Peterburg 1945.20.5, Sochi; Moskvada dafn etilgan) — rus kimyogari va mineralogi. Fersman geokimyo asoschilaridan biri. SSSR Fanlar Akademiyasi akademik (1919 yildan Rossiya Fanlar Akademiyasi akademik). V. I. Vernandskiyning shogirdi. Moskva universitetini tugatgan (1907), professor (1910). Kola yarim oroli, Tyanshan, Qizilqum, Qoraqum, Ural, Baykalorti va boshqa rayonlarda olib borilgan qidiruv va tadqiqot ishlarida qatnashgan. Xibin tundralari (1920) va Monchetundra (1930) da Fersman ishtirokida apatit va misnikel ruda konlari ochilgan. «Geokimyo» (1 — 4t., 1933-39), «pegmatitlar» (1931) asarlarining muallifi. Fersman elementlar klarki va migrasiyasiga katta e’tibor berdi. Fersman birinchilar qatorida foydali qazilma konlarini qidirishda geokimyoviy metodlarni qo’llash zarurligini asosladi. 1926 yilda ilk bor Mongoliyaoltoy geokimyoviy mintaqasini aniqladi. Fersman fanning yorqin targ’ibotchisi, Javohir va ziynat toshlar bo’yicha yirik mutaxassis. U mineral resurslar tadqiqoti bo’yicha bir qancha ilmiy muassasalar va ko’p sonli ekspeditsiyalar (shu jumladan, Kola yarim oroli, O’rta Osiyo va Uralda) tashkilotchisi. Davlat mukofotlari (1929, 1942) laureati. Minerallardan: titanniobiy oksidi — fersmit va titan niobiy silikati — fersmanit Fersman nomi bilan atalgan.