RASTA

RASTA — shahar bozorlarida va qishloqlarda ko’chaning chetiga qurilgan savdo do’konlari qatori. Tovar ishlab chiqarish rivojlanishi bilan tovarlarning turiga qarab sotuvchilar alohida Rastalarga joylashganlar. Rastalar ham mol turlariga muvofiq poyabzal Rastasi, shoyi Rastasi, gazlama Rastasi, meva Rastasi va boshqa nomlar bilan ham atalgan. Rasta dehqon bozorlarida, yarmarkalarda hozir ham mavjud.