RAJABOV SOBIR

RAJABOV SOBIR (1940.1.9, Hazorasp tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1994). Xorazm pedagogika institutini tugatgan (1962). 1962 yildan Hazorasp tumanidagi 1, 45-maktablarda fizika-matematika, 1993 yildan 1-iqtidorli bolalar litseyida matematika o’qituvchisi. Darslarni ko’rgazmali qurollar, texnika vositalaridan foydalangan holda o’tadi.