MAY
MAY, sharob, boda — Sharq mamlakatlarida uzum va boshqa mevalar sharbatidan tayyorlangan, kayf beruvchi ichimliklarning umumiy nomi. Aksariyat hollarda qizil rangi bilan ajralib turgan. Sharq mumtoz she’riyatida gulgun May, gulrang May, la’li May (la’lga o’xshash qizil), qirmizi May o’xshatmalari ko’p qo’llanilgan.