VAGOTOMIYA
VAGOTOMIYA (lotincha vagus — adashgan va Yunoncha tome — kesish) — adashgan nervni qirqish yoki qisman kesib tashlash. Yara kasalligini (me’da, o’n ikki barmoq ichak yarasi va boshqalar) jarrohlik usuli bilan davolash usullaridan; ko’proq me’dani operatsiya qilish chog’ida qo’llaniladi. Tajribada Vagotomiya 16-17-asrlarda adashgan nerv faoliyatini o’rganish uchun o’tkazilgan. Tibbiyot amaliyotida og’ir operatsiyalarni ko’tara olmaydigan bemorlarda Vagotomiya operatsiyasi qilinadi. Kasallangan a’zoning qaysi qismi operatsiya qilinishi lozimligiga qarab Vagotomiyaning ma’lum bir xili qo’llaniladi.