Vahdati mavjud

Vahdati mavjud (Arabcha – mavjudot birligi) — Alloh bilan birga yagona moddiy olam bor deb hisoblaydigan ta’limot. Bu ta’limot tarafdorlari tabiatning abadiyligini tan oladilar, Alloh olamning o’zida, unga singib ketgan deb qaraydilar. Vahdati mavjud vakillari odam bu dunyodan voz kechmay, tarki dunyo qilmay yashashga intilishi kerak degan fikrni olg’a surdilar. Hindistonda Vahdati mavjud qadimdan mavjud bo’lib, olamni moddiylik asosida tushunishga usta vor darajada ahamiyat berar edi. Shuning uchun ko’pchilik musulmon ruhoniylari bu ta’limotga shubha va hushyorlik bilan qarar edilar. Kindiy, Forobiy, Ibn Rushd, Bedil bu ta’limotning namoyandalari hisoblanadi. Vahdati mavjud namoyandalari fikricha, tabiat abadiy, undagi narsa va hodisalar o’zaro bog’liq, dunyo hamisha o’zgarish, rivojlanish holatida turadi. Vahdati mavjud tarafdorlari musulmon sharqida tabiatshunoslik bilimlarining rivojlanishi uchun falsafiy asoslar yaratib berdi. Muhammadjon Qodirov.