Veber (Weber) Karl Mariya fon

Veber (Weber) Karl Mariya fon (1786.18.11, Eytin – 1826.5.6, London) — nemis kompozitori, pianinochi, dirijyor. Nemis romantik operasi asoschisi. 1804 yildan turli shaharlarda opera dirijyori bo’lib ishlagan. «Erkin mergan» (1820) operasi Yevropa musiqa teatri tarixida salmoqli o’rin egallagan. «Oberon» ertak-romantik operasi (1826), «Turandot» (1821, K. Gossi asari asosida) spektakliga yozgan musiqalarida Sharq xalqlari kuylaridan foydalanib, musiqiy orientalizmga hissa qo’shgan. «Raqsga chorlov» pyesasi, puflama sozlar uchun kontsertlari mashhur.