VAGRANKA

VAGRANKA — shaxtali pech. Quyish tsexlarida cho’yan (ba’zan, rangli metall) eritiladi. Vagranka tsilindrik shaklda bo’lib, ichki devori o’tga chidamli shamot g’ishtdan 150-250 millimetr qalinlikda teriladi. Pechning sirtqi yuzasi qalinligi 6— 10 millimetr po’lat list bilan qoplanadi. Vagrankada asosan eritish koksi yoqiladi. Vagrankaning ish unumdorligi 1-60 t/soat. Ba’zan, havoni isitish uchun Vagranka rekuperator (pechdan chiqib ketayotgan gazlar issiqligidan foydalaniladigan qurilma) bilan jihozlanadi.