FILTR

FILTR (Fransuzcha filtre — kigiz), suz g’ich — 1) suyuqlik Filtri — suyuqlikni undagi qattiq zarralar yoki unga aralashmaydigan boshqa suyuqliklardan ajratish (tozalash) uchun mo’ljallangan asbob, moslama yoki g’ovak jism. Suyuqlik Filtrlari ish printsipiga qarab, davriy va uzluksiz ishlaydigan turlarga bo’linadi. Davriy ishlaydiganining hajmiy, listli, filtrpress, patronli xillari bor. Hajmiy Filtr oz miqdordagi suspenziyani ajratishda qo’llaniladi. U vakuum yoki bosim ostida ishlaydi. Listli Filtr eritmalarni tindirish, qattiq fazasi hajmining 5%idan oshmagan suspenziyalarni ajratishda qo’llaniladi. Filtrpresslardan, asosan, mayin dispers sistemalarni ajratishda, patronli Filtrdan suspenziyalarni tindirish yoki quyultirishda foydalaniladi. Patronli Filtr vakuumda yoki bosim ostida ishlaydi. Uning ichki panjarasiga filtrlovchi to’siqlar (patronlar) mahkamlangan. Cho’kindi siqilgan havo, pnevmogidravlik zarb yoki titrama (vibrasion) qurilmalar vositasida tozalab olinadi; gaz Filtrlari uzluksiz ishlaydigan apparatlardir. Tuzilishiga ko’ra, yassi filtrlovchi sirtli va batareyali bo’ladi. Yassi filtrlovchi sirtli Filtrda teshik panjaralar bo’lib, ularga filtrlash to’siqlari o’rnatiladi. Unga qum, kvars va b. qavatqavat qilib solinadi yoki ikki panjara orasiga tolali materiallar (asbest tola, shisha tola, paxta va boshqalar) qo’yiladi. Batareyali Filtr to’qimalardan eng shaklida yasaladi. 3) biologik Filtr — oqova suvlarni mikroblar ta’sirida parchalash jarayonlari yordamida yoki organik moddalarni minerallash yo’li bilan zararli moddalardan tozalash uchun mo’ljallangan qurilma; 4) yorug’lik Filtri — ba’zi nurlarni tutib qolish uchun mo’ljallangan moslama; masalan, ma’lum yorug’lik nurlarini tutib qoladigan rangli shisha, rentgen nurlarini tutib qoladigan metall plastinalar, issiklik nurlarini tutib qoladigan ekranlar yoki sovitish idishlari (issiqlik Filtri); 5) elektr Filtri — bir xil chastotali toklarni o’tkazish, boshqa chastotali toklarni kuchsizlantirish uchun mo’ljallangan qurilma. O’zinduktsiya g’altaklari va kondensatorlardan iborat; 6) akustik Filtr —murakkab tovushdan muayyan chastotalar polosasini ajratib olish uchun mo’ljallangan qurilma. Masalan, reaktiv dvigatellar va ichki yonuv dvigatetarida ish bajarib bo’lgan gazlar xosil qiladigan shovqinni pasaytirib beradi (bunga avtomobil tovush so’ndirgichi, ya’ni glushitelni misol qilish mumkin). Texnikada, qurilish va radiotexnikada ham keng qo’llanadi; 7) laboratoriya Filtri — laboratoriya ishlarida suspenziyalarni suyuq va qattiq fazalarga ajratish yoki filtrlash (suzish) ko’rsatkichlarini aniqlash uchun mo’ljallangan qurilma. Shisha idish (nay, voronka), govak shishadan qilingan suzish to’sig’i yoki teshikteshik tubiga qog’oz, mato, to’r va boshqa suzish materiali to’shalgan idishdan iborat; 8) ichki yonuv dvigatelini yonilg’i bilan ta’minlash tizimida yonilg’ini mexanik aralashmalar va suvdan tozalash uchun mo’ljallangan qurilma.