MAGNIT BARABAN

MAGNIT BARABAN — sirtiga magnit xossali qatlam qoplangan tsilindr shaklidagi qurilma. Elektr dvigatel, tsilindr, o’q, stanina (asos)dan iborat. Magnit barabanga axborotlar magnitik yozish usulida kiritiladi. Tsilindr aylanganda axborotlar uning aylanasi bo’ylab magnit qatlamga yo’lchalar tarzida yoziladi. Tsilindrning diametri 0,1-0,5 metr, uzunligi 0,3—0,7 metr bo’ladi. Magnit baraban electron hisoblash mashinalari (EHM)ning xotira qurilmalarida ishlatiladi.