MAGNIT MOMENT

MAGNIT MOMENT — tok oqayotgan berk konturning, jismlar va modda zarralarining magnit xossalarini ifodalaydigan vektor kattalik. Elementar zarralar, atom yadrosi, molekula va atomlarning elektron qobiqlari Magnit momentga ega. Atom va yadro fizikasida Magnit momentining o’lchov birligi qilib magneton olingan. Makroskopik sistemaning Magnit moment uning atom (molekula) lari yig’indisiga teng. Makroskopik jismning magnit holati magnitlanganlikni ifodalaydi. Magnit moment tushunchasi magnit maydondagi moddalarda sodir bo’luvchi turli fizik hodisalarni tushuntirishda juda muhimdir.