MAGNOLIYADOSHLAR

MAGNOLIYADOSHLAR (Magnoliaceae) — ikki urug’pallali o’simliklar oilasi. Daraxt va butalardan iborat. Barglari yaxlit, ba’zan bo’lakchali, cheti tekis, gullari yirik, to’g’ri, ikki jinsli (kamdan-kam bir jinsli). Changchilari ko’p. Amerika va Osiyoning tropik va subtropik mintaqalarida 14 turkumi (240 ga yaqin turi) bor. Magnoliya, loladaraxt kabi turkumlarining turlari manzarali o’simlik sifatida ekiladi.