MANGALOR
MANGALOR — Hindistonning Janubiy qismidagi shahar. Karnataka shtatida. Aholisi 587 ming kishi (2001). Arabiston dengizi sohilidagi port (chetga kofe, sandal daraxti, ziravorlar, temir rudasi chiqariladi). Aeroport bor. Qishloq xo’jalik mahsulotlari (asosan, kofe) qayta ishlanadi. Kulolchilik-keramika, kimyo o’g’itlari zavodi, metallurgiya kombinati, univeristet bor. Turizm rivojlangan.