MANAT
MANAT — 1) Turkmaniston Respublikasi pul birligi. 1993 yil 1 noyabrda muomalaga chiqarilgan 1 Manat = 100 tenge. Xalqaro ifodasi TUM. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 5200 Manat (2003, mart); 2) Ozarbayjon Respublikasi pul birligi. 1992 yil 1 yanvarda muomalaga chiqarilgan. 1 Manat -100 gepik. Xalqaro ifodasi AZM. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 4881 Manat (2003, mart).