LAPERUZ BO’G’OZI
LAPERUZ BO’G’OZI — Saxalin (Rossiya Federatsiyasi) va Xokkaydo orollari oralig’ida. Yapon dengizi bilan Oxota dengizini birlashtirib turadi. Uzunligi 94 kilometr, eng kambar joyi 43 kilometr, chuqurligi 27-118 metr. Qishda muz bilan qoplanadi. Bo’g’ozni kashf etgan frantsuz dengizchi sayyohi J. Laperuz nomi bilan atalgan.
O‘xshash so‘zlar
- Lapilla
- Lapin Lev Nikolaevich
- Lapin Sherali
- Lapkin Kuzma Ivanovich
- LAPLANDIYA
- Laplas (Laplace) Per Simon
- LAPLAS ALMASHTIRISHI
- Lappak baliqlar, skatlar





