MAGNIT BO’RONLARI
MAGNIT BO’RONLARI — kompas magnit milining surilishini qo’zg’atuvchi yer magnit maydonining keskin o’zgarishi. Magnit bo’ronlari bir vaqtda er yuzining katta hududlarida, ba’zan butun yer yuzida kuzatiladi. Magnit bo’ronlari, ko’pincha, tun vaqtiga to’g’ri keladi. U, odatda, qutbiy yog’du, momaqaldiroq, zilzila paytida sodir bo’ladi va har 11 yilda kuzatiladigan Quyosh faolligining kuchayishi davrida tez-tez takrorlanib kuchli o’tadi.