MAGNIT MERIDIANI

MAGNIT MERIDIANI — muallaq va tinch holda turgan kompas magnit mili o’qidan o’tuvchi vertikal tekislikning yer sirti bilan kesishishidan hosil bo’ladigan faraz qilinadigan chiziq. Kompas magnit mili doimo Magnit meridiani yo’nalishini ko’rsatadi. Yer sirtining hamma Magnit meridianlari Yerning shimoliy va Janubiy magnit qutblari deb ataluvchi ikki nuqtasida o’zaro tutashadi. Bu qutblar geografik qutblar bilan tutashmaydi. Demak, magnit meridianlari ham geografik meridianlar bilan tutashmaydi.