ABDULAHAD
ABDULAHAD (1859.16.3-1911.6.1) — Buxoro amiri (1885-1910). Mang’itlardan. Amir Muzaffarning o’g’li. Abdulahad davrida chor hukumati Buxoroda rus siyosiy agentligi ta’sis etib (1886), Turkistonni, jumladan Buxoro xonligini xom ashyo bazasiga aylantirish va bu yerdagi boyliklarni Rossiyaga tashib ketish maqsadida Amudaryoga ko’prik qurdi, Chorjo’y-Samarqand temir yo’li o’tkazdi (1900— 01). Shuningdek Abdulahad davrida jadidchilik harakati kuchaydi.
O‘xshash so‘zlar
- Abdulahad Muhammadjonov (1928-2016) kim bo’lganini bilasizmi?
- ABDULALI TARXON
- ABDULAVVAL
- ABDULAZIZ
- ABDULAZIZXO’JA MADRASASI
- ABDULAZIZXON
- ABDULAZIZXON MADRASASI
- ABDULJABBOR


