VUJUDIYUN

VUJUDIYUN — o’rta asr yaqin va O’rta Sharqda keng tarqalgan falsafiy ta’limot; panteistik dunyoqarashni ifodalaydi. Unga ko’ra, Alloh va real borliq bir butun vujud — mavjudotni tashkil etadi. Alloh va borliqni bir-birisiz tasavvur etib bo’lmaydi, ular sabab-oqibat shaklida bir-biri bilan uzviy bog’langan. Vujudiyun ta’limoti turli mutafakkirlar tomonidan turli mazmunda talqin qilingan.