VAZARI (VASARI) JORJO
VAZARI (VASARI) JORJO (1511.30.7, Aresso — 1574. 27.6, Florentsiya) — italyan me’mori, rassom, san’at tarixchisi. Manerizm vakili. Asosan Florentsiyada ishlagan: Palasso Vekko devoriga ishlangan suratlar, 1555-71; Uffisi me’moriy ansambli, 1560 (hozir muzey) va boshqalar. «Mashhur rassom, haykaltarosh va me’morlar tarjimai holi» asari (1550) da italyan rassom va me’morlari hayoti va ijodi, shuningdek Uyg’onish davri san’ati rivoji haqida qimmatli ma’lumotlar yoritilgan.