ABULQOSIM BOBUR

ABULQOSIM BOBUR (1422, Hirot -1457 yil mart, Mashhad) — temuriylardan, Boysunqur Mirzoning o’g’li. Bobosi Shohrux Mirzo qo’l ostida tarbiyalangan. Xuroson taxti uchun kurashda g’olib chiqib, 1449 yil Fevralda Abulqosim Bobub Hirotni egallaydi. Temuriylarning Xurosondagi hukmdori (1149-57). 1454 yilda Samarqand uchun muvaffaqiyatsiz yurish qiladi va qirq kunlik qamaldan so’ng Sulton Abu Said bilan bitim tuzib, Hirotga qaytadi. Bitimga ko’ra Amudaryo ilgarigidek ikkala davlat o’rtasidagi chegara bo’lib qolgan. Abulqosim Bobub shoirlarni to’plab mushoiralar o’tkazgan va o’zi ham turkiy, fors tillarida she’rlar yozgan.