AVANSTSENA

AVANSTSENA (Fransuzcha avantccene) — peshsahna, parda bilan orkestr o’rni orasidagi joy. Opera va balet spektakllarida Avanstsenadan keng foydalaniladi. Drama tomoshalarida esa parda oldida o’tadigan kichik sahnalarni ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Avanstsenadan o’rinli foydalanish dekorasiyalarning tez almashuviga imkon yaratib, voqeaning uzluksiz rivojlanishini ta’minlaydi. Ayrim rejissyorlar asosiy harakatni ham Avanstsenaga olib chiqib, o’yin maydonini kengaytirganlar. 17 — asrda Yevropada badavlat oqsuyaklar Avanstsenada o’tirishgan. O’zbek rejissyorlari sahnaning butun sathidan, shu jumladan Avanstsenadan keng foydalanishadi. Ayniqsa rejissyor B. Yo’ldoshev Avanstsenani tomoshabinlar zali bilan bog’lab, voqealar joyini kengaytirishga erishadi.