AVTOELEKTRON PROYEKTOR

AVTOELEKTRON PROYEKTOR, avtoelektron mikroskop, elektron proyektor —avtoelektron emissiya asosida tasvir beruvchi asbob. Katodning sirti kichikligi (radiusi 10~4 — 10~5 santimetr) tufayli uning sirtida juda katta (E>106 V/santimetr) elektr maydon kuchlanganligi hosil bo’ladi, natijada proektoriing lyuminafor qoplangan ekranida katodning o’n va yuz ming marta kattalashgan chiqish ishi bo’yicha tasvirini kuzatish mumkin. Avtoelektron proyektorda har xil sirtlardan elektronlarning chiqish farklari va uning kattaligi aniqlanadi, katod sirtidagi adsorbtsiya, diffuziya, migrasiya kabi jarayonlar, qattiq jism sirti tuzilishi va uning fizik ko’rsatkichlari o’rganiladi.