AGONIYA
AGONIYA (Yunoncha agonia — kurash), holati razm — o’lim talvasasi. Uning o’ziga xos belgilari: bosh miya faoliyatining zaiflanishi, xirillash, hushdan ketish, nafas olish va yurak urishining bir tekis bo’lmasligi, ko’z qorachig’ining kengayishi, reflekslarning asta-sekin yo’qolishi, oyoq va badanning sovishi, rang bo’zarishi, tananing ko’kimtir tus olishi. Kishi ko’p qon yo’qotganda, shok, asfiktsiya va boshqalarda o’z vaqtida tegishli chora-tadbirlar ko’rilganda uni Agoniya holatidan qaytarish mumkin. Agoniyani dastlab yunon tabiblari aniq tasvirlab berganlar.