AGRONOMIK RUDALAR
AGRONOMIK RUDALAR, agrorudalar — mineral o’g’itlar sifatida ishlatiladigan yoki ularni olishda xom-ashyo hisoblanadigan minerallar va tog’ jinslari. Ularning asosiy turlari: apatit, fosforit, kaliy tuzlari, selitralar. Bundan tashqari ohaktosh, dolomit, torf, toshko’mir, mergel, gipelar va kam miqdorda mikroelementlar ham o’g’it sifatida ishlatiladi. Tabiiy selitra konlari (Chili selitrasi) kam uchraydi. O’zbekistonda Qashqadaryo viloyatida kaliy tuzlari konlari negizida To’bagatang kaliy o’g’itlari zavodi, Qoraqalpog’istonda va Navoiy viloyatida topilgan fosforit konlaridan olinadigan xom ashyo asosida Qizilqum fosforit kombinati qurilmoqda (2000).