ADAMOV
ADAMOV Leon Tigranovich (1929.26.10, Qo’qon) — O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan me’mor (1989). O’rta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1954). 1954 — 92 yillar Toshkentdagi ilmiy tadqiqot va loyihalash institutlarida me’mor va bosh me’mor, Toshkent shahrining bosh me’mori o’rinbosari. 1992 yildan O’zbekiston me’morlar uyushmasi qoshidagi me’morlik jamg’armasida bosh direktor. Toshkentdagi «Chilonzor turar-joy dahasi» (1959 — 69), san’at saroyi (1961 — 63), Mustaqillik maydonidagi ma’muriy binolar (1968 — 74), A. Navoiyga o’rnatilgan yodgorlik (1989 — 91), shuningdek S. Rahimov, A. Ikromov haykallarining me’moriy qismi va boshqalar. Adamov loyihasi hamkorligida yaratilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). Adams (Adams) Jon Kauch (1819.5.6 — 1892.21.1) — ingliz astronomi, London astronomiya jamiyati direktori, Kembrij astronomiya rasadxonasi direktori (1861 yildan). Ilmiy ishlari osmon mexanikasiga doir. Oyning asriy tezlanishini nazariy jihatdan aniqlagan, Uran sayyorasining harakatidagi noaniqliklarni matematik tahlil qilish asosida U. Laver’e mustaqil ravishda 1845 yil Neptun sayyorasini ochgan.