ADANA

ADANA, Sayhon — Turkiyaning Janubiy qismidagi shahar, Sayhon daryosi bo’yida. Adana eli (viloyati) ning ma’muriy markazi. Aholisi 916 ming kishi (1990). Yirik savdo, sanoat markazi, temir yo’l stantsiyasi, avtomobil yo’llari tuguni. Universitet, to’qimachilik, poyabzal, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati, yog’ochsozlik, tsement korxonalari, yirik tegirmon va kushxonalar bor. Mamlakatning eng muhim qishloq xo’jalik (paxtachilik) rayonlaridan birining markazi.