FLEMING ALEKSANDR

FLEMING ALEKSANDR (1881.6.8, Lokfild — 1955.11.3, London) — ingliz mikrobiologi, London Qirollik jamiyati (1943), Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1946), London universiteti qoshidagi tibbiyot kollejini tugatgan (1906). Londondagi bakteriologiya intida ishlagan (1908-14; 1918-48), shu institut professor. (1928 yildan), direktori (1946— 54). London universitetida bakteriologiya bo’yicha professor. (1948-55), Edinburg universiteti rektori (1951-54). Mikrobiologiya jamiyatining birinchi prezidenti. Asosiy ilmiy ishlari bakteriologiya, immunologiya va kimyoterapiyaga bag’ishlangan. 1922 yilda bakteriya hujayralarini parchalovchi ferment — lizosimni kashf etgan. Mog’or zamburug’laridan penisillin antibiotigini olish usulini ishlab chiqqan (1929). Nobel mukofoti laureati (1945, X. Flori va E. Cheyn bilan hamkorlikda).