FREZA
FREZA (Fransuzcha fraise) — metall va metallmas materiallardan tayyorlangan zagotovkalarning yuzalariga ishlov berish, ularda tish, rezba o’yish va boshqalar uchun mo’ljallangan ko’p tig’li kesuvchi asbob. Tishlar o’yilgan sirtining shakliga qarab, tsilindrik, diskli, burchakli, tores, shakldor; tishining shakliga qarab, to’g’ri, vintli, ko’p tomonlama tishli; tishlarining tuzilishiga qarab, o’tkir, qatorli; yaxlit, tarkibiy, komplekt, yig’ma; mahkamlanishiga qarab, o’tqaziladigan, konussimon va tsilindrik dumli; vint ariqchalarining yo’nalittga bo’yicha chap va o’ng ariqchali xillarga bo’linadi. Frezalegirlangan po’lat, tez kesar po’lat, asbobsozlik po’latidan tayyorlanadi. Freza bilan frezalashda freza aylanma, ishlov beriladigan zagotovka ilgarilama harakat qiladi. Frezalashning xomaki va tozalab frezalash usullari bor. Xomaki frezalashda Frezaning aylanishi surish yo’nalishiga teskari, tozalab frezalashda bir xilda bo’ladi. Frezalash ishlari frezalash stanogida bajariladi.