FREYDIZM

FREYDIZM — 3. Freyd falsafiyantropologik va psixologik kontsepsiyasining va shu asosda rivojlangan jami ta’limotlar va maktablarning umumiy nomi. Freydizm inson, jamiyat va madaniyatga taalluqli hodisalarni tushuntirish uchun Freydning psixologik ta’limotini qo’llashga harakat qiladi. Freydizm insondagi 2 xil instinktga katta e’tibor beradi: birinchisi — hayotni davom ettirishga karatilgan jinsiy instinktlar, ikkinchisi — hayotni barbod qilishga yo’naltirilgan vayronkor (destruktiv) instinktlar. Bu instinktlar guruhining har biri o’z quvvat manbaiga ega. Birinchisiniki — nafs (libido), ikkinchisiniki — tajovuzkorlik. Freydga ko’ra, inson hayotida jinsiy nafs va tajovuzkorlik quvvati ijobiy yevrilishga uchraydi, ya’ni ijtimoiy-madaniy qadriyatlar yaratishga qaratiladi, yevrilishning turlari sportda, aqliy mehnatda, ijod va boshqa sohalarda namoyon bo’ladi. Tsivilizasiyani aynan shu ijtimoiy yevrilishga duch kelgan «tuban» biologik quvvatlar yaratadi. Freydizm vakillari — A. Adler, K.G. Yung va boshqalar 20-asrning 30-yillari oxirida neofreydizm kelib chiqdi. U psixoanaliz bilan AQSh sotsiologax va etnografik nazariyalari qo’shilishi jarayonida vujudga keldi.