FONON

FONON (Yunoncha phone — tovush) — kristall panjara tebranishlari maydonining kvanti. Kristall atomlarining tebranishlari o’zaro ta’sir natijasida to’lqin shaklida tarqaladi. Har bir shunday to’lqinga kvazizarra — Fononni mos qo’yish mumkin. Fononning energiyasi e=yyu , kvaziimpulsi r — yk, bunda y — Plank doimiysi, so — to’lqin chastotasi, k— kvazito’lqin soni. Fonon bozon bo’lib, Boze — Eynshteyn statistikasita bo’ysunadi. Barcha qattiq jismlardagi Fononlar soni 1ch|f~ t-ra T ga bog’liq: T—>o da 1chf ~ T3 va T»eD da (8D Debay trasi) if ~ T. Fononlar bir-biri bilan va boshqa kvazizarralar (o’tkazuvchanlik elektronlari, magnonlar va hokazolar) va kristallning stasionar defektlari bilan ta’sirlashadi. Kristallarning issiqlikdan kengayishi va hokazolar shu ta’sir tufayli bo’ladi. Xususan, o’ta o’tkazuvchanlik elektron — fonon o’zaro ta’sir bilan tushuntiriladi.