FORD (FORD) JERALD RUDOLF

FORD (FORD) JERALD RUDOLF (1913.14.7, Omaxa, Nebraska shtati) — AQShning 38-prezidenti (1974-77). Respublikachilar partiyasidan. 1973 -74 yillarda viseprezident. 1974 yil 9 avgustda R. Nikson iste’foga chiqishi munosabati bilan AQSh Prezidenti bo’lgan. Ford prezidentligi davrida ilgarigi ma’muriyatning ichki va tashki siyosatini davom ettirgan. Ford hukumati AQSh ning harbiy potentsialini kuchaytirishga intilgan, xususan, 1975 yil AQSh ning Janubiy Sharqiy Osiyo va tinch okeani mintaqasidagi mavqeini oshirishga qaratilgan «tinch okean doktrinasi»ni e’lon qilgan. 1976 yildagi prezidentlik saylovlarida mag’lubiyatga uchragan.