FOROB

FOROB — Toshkentning shimoliy g’arbidagi qadimgi voha va shahar. Voha hozirgi Qozog’istondagi Aris daryosining Sirdaryoga quyilish joyida, daryoning har 2 sohilida joylashgan. Forob shahri esa, Sirdaryoning o’ng sohilida bo’lgan. Forob o’rta asr Arab geograflari asarlarida «borob», fors manbalarida «Porob» shaklida uchraydi. Forobiy va Javhariyning vatani. Arab tarixchisi Ibn Havqalning yozishicha, F. vohasining uzunligi hamda kengligi bir kunlik yo’l chamasida bo’lib, yeri qisman sho’r va botqokdan iborat bo’lgan. Mazkur vohada Forobdan tashqari Vosij va (Kadar shaharlari ham joylashgan. Istaxriy va Ibn Havqalda — nohiya, Maqdisiyda — rustoq, yoqut Hamavip asarlarida viloyat deb yozilgan. Maqtsisiyning yozishicha, Forob va unga qo’shni yerlarni (30 farsaxgacha) har yili Sirdaryo suvi bosgan. Vohaning asosiy shahri Vosij hisoblangan, keyinchalik Forobga ko’chirilgan. Kadar shahri Vosijdan 2 farsax narida joylashgan. Forob 9— 12-asrlarda eng yirik iqtisodiy va madaniy markazga aylangan. U Ark, Shahriston va raboddan tashkil topgan Shahriston 4 darvoza, bir-birini kesib o’tgan 2 ta katta ko’cha, jome masjidi, raboddan iborat. Bozorning ko’p do’konlari rabodda, shahardan tashqarida joylashgan. Forob 1219-20 yillarda Chingizxon qo’shinlari tomonidan vayron qilingan. 2) o’rta asrlarda Amudaryoning o’ng qirg’og’ida joylashgan shahar. Manbalarda turli shakllarda (Farabr, Firob, Firabr) uchraydi. Narshaxiynmng so’zlariga ko’ra, Forob turk xoqonining o’g’li Sheri kishvar (Elarslon) tomonidan bunyod etilgan (milodiy 6-asr oxiri — 7-asr boshi). 9-asrda Forob Marv viloyatining chegara shahri hisoblangan. 10-asrda Forob ma’muriy jihatdan Buxoro viloyatiga mansub bo’lgan. O’rta asrlarda Forob Ark va shaxristondan iborat, atrofi mudofaa devoir bilan o’ralgan, jome maejidi bor shahar edi. 10-asrda uning atrofida bir necha chiroyli rabotlar qurilgan. Forob shahar xarobasi Forob temir yo’l stantsiyasidan 10 kilometr, Amudaryo qirg’og’idan 1 kilometr masofada joylashgan. Ark (maydoni — 9 gektar) ning 7 minorasi va bir darvozasi, Shahriston (70ga)ning kamida 3 darvozasi bo’lgan. Forob 13-asr boshida Chingizxon tomonidan vayron qilingan, keyinchalik uning o’rnida kichik qishloq mavjud bo’lgan. 14-asrda Forobning o’z zarbxonasi bor edi. 18-asrda Forob tashlandiq holga kelgan.