GALAKTURON KISLOTA

GALAKTURON KISLOTA — bir asosli organik kislota; galaktozadat 6-uglerod atomining oksidlanishidan hosil bo’ladi, o’simliklardagi pectin (yelim) moddalari tarkibiga kiradi; saponinlarda, ba’zi mikroblarning o’ziga xos polisaxaridlarida, xantal va zig’ir urug’larining shilimshig’ida ham bor. Karboksilaza fermentining ta’sirida o’simliklarda L-arabinozaga aylanadi. Molekulyar modda 194,14. Kristall holda bo’lib, suvda, ishqorlarda va karbonat, bikarbonat eritmalarida yaxshi, uglevodorodlar va b. organik eritmalarda oz eriydi, metallar va organik moddalar bilan tuz hosil qiladi. Galakturon kislota ko’pgina fiziologik faol moddalar tarkibiga kiradi, uning glyukozidlari tuproq tarkibida ko’p uchraydi. Ilmiy maqsadlar uchun ishlatiladi.