GALEREYALI UY
GALEREYALI UY — ko’p qavatli turar joy binolarining old devorlari urniga qurilgan bir tomoni ochiq galereya (peshayvon)li bino, xonalarga asosan bir tomon (peshayvon)dan kirilgan, zinapoya va lift bilan o’zaro bog’langan. Galereyali uydagi peshayvon to’sig’ida rangli, turli shakldagi panjara (quyosh nurini to’sadigan qurilma)lardan foydalanilib, binoning me’moriy shakli boyitilgan (Buxorodagi ipakchilik fabrikasining ishchilar yotoqxonasi, 1948; me’mor M. Bulatov, Navoiydagi ko’p qavatli Galereyali uy, 1965; me’mor I. Orlov va boshqalar).