GARMIYON

GARMIYON — mayiz turi. G’ujumi yirik va urug’li Kattaqo’rg’on, Nimrang, Sultoniy kabi uzum navlaridan tayyorlanadi. Uzum boshi Savatga solinib, 0,3—0,4% li qaynoq ishqorli eritmaga 3-5 minut botirib olinadi va oftobda quritiladi. Garmiyon rangdor bo’lsin uchun uzum ishqorga (kaustik soda eritmasi) botirilgandan so’ng oltingugurt bilan dudlanadi va quritish maydonchasiga yoyiladi. Quritish 4— 12 kun davom etadi. 26-30% mayiz tushadi. Garmiyon yirik, xushxo’r, sershira.