GENERALISSIMUS

GENERALISSIMUS (lotincha Generalissimus — eng oliy) — ba’zi mamlakatlar qurolli kuchlaridagi oliy harbiy unvon. Dastlab 1569 yil Frantsiyada joriy etilgan. Rossiyada Generalissimus unvon sifatida Petr I tomonidan joriy etilgan (1716). A. D. Menshikov (1717), A. V. Suvorov (1799) va boshqa shu unvonga sazovor bo’lishgan. Sobiq Ittifoqda Generalissimus unvoni 1940 yil ta’sis etilgan va faqat I. V. Stalinga berilgan. 20-asrda Ispaniyada F. Franko, Xitoyda Chan-Kayshi, KXDRda Kim ir Sen va boshqalarning Generalissimus unvoni bo’lgan.