GRADIENT SHAMOL

GRADIENT SHAMOL — ishqalanish kuchi bo’lmagan, barik gradient kuchi S Yer aylanishining og’diruvchi kuchi A va markazdan qochma kuch G muvozanatlashgan sharoitda havoning gorizontal harakati. Barcha kuchlar bir to’g’ri chiiqda yotganligi sababli, Gradient shamol izobara bo’ylab yo’nalgan bo’ladi. Bir xil barik gradient maydonida Gradient shamol tezligi tsiklon izobarasi holatida geostrofik shamol tezligidan kichik, antisiklon izobarasi holatida esa undan katta bo’ladi.